Kamchatkadagi vulqonga chiqish chog‘ida sayyoh halok bo‘ldi

Olam

image

Kamchatkadagi Vilyuchinskiy vulqoniga chiqish chog‘ida sayyoh halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 4 oktyabr kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.  

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, marhum bilan birga yiqilgan ayolning ahvoli og‘ir. Uning yonida to‘rt nafar qutqaruvchi qolmoqda. Yana ikki favqulodda xizmat xodimi qiyalikdan balandroqda joylashgan uchinchi alpinistni qidirishni davom ettirmoqda.

Hodisa 4 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘tarilish vaqtida uch-to‘rt kishi yiqilib tushgan, ularning ba’zilari qo‘l va oyog‘idan jarohat olgan. Guruh Favqulodda vaziyatlar vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan.

Qutqaruv operatsiyasini o‘tkazish uchun Favqulodda vaziyatlar tibbiyoti markazidan shifokorlar va qutqaruvchilar bo‘lgan vertolyot safarbar etilgan. Vertolyot mutaxassislarni taxminan 1500 metr balandlikda qo‘ndirgan. Bir vaqtning o‘zida vulqon tubiga quruqlikdagi guruh yetib bordi va yuqoriga qarab harakatini davom ettirdi.

Kamchatka o‘lkasi Favqulodda vaziyatlar rahbari Sergey Lebedevning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, qutqaruvchilar allaqachon ikki jabrlanuvchiga yetib borgan va uchinchi sayyohni qidirishni davom ettirmoqda.

“Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, qurbonlarni tushirishga tayyorgarlik boshlandi”, degan u.

Qidiruv-qutqaruv ishlarida jami 45 kishi ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kamchatkaning Petropavlovsk-Kamchatskiy shahri yaqinida 7,8 magnitudali zilzila yuz bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya sayyoh Kamchatka Vilyuchinskiy vulqoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing