Kannavaro eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar qatoriga kiritildi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan murabbiylar orasida eng yuqori maosh oluvchilar qatoriga kiritildi. Bu haqda “Finance Football” nashri xabar berdi. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi Jahon chempionati ishtirokchilari orasida eng yuqori maosh oluvchi mutaxassis deb topilgan. Italiyalik murabbiyning yillik daromadi 10 million yevroga teng.

Ikkinchi o‘rinni Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann egallagan bo‘lib, uning maoshi yiliga 7 million yevroni tashkil etadi. AQSH terma jamoasini boshqarayotgan Maurisio Pochettino esa 6 million yevro bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel yiliga 5,8 million yevro maosh oladi.

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro esa ro‘yxatda beshinchi o‘rinda qayd etilgan. Uning yillik maoshi 4 million yevroni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesniki bilan teng.

Ma’lum qilinishicha, Kannavaroning maoshi Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham (3,8 million yevro), Niderlandiya bosh murabbiyi Ronald Kuman (3 million yevro) hamda Argentina terma jamoasi ustozi Lionel Skaloning (2,3 million yevro) ish haqidan yuqoriroq.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Fabio Kannavaro Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing