Kannavaro qishki Olimpiya mash’alasi estafetasida qatnashdi

Sport

image

 O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Italiyada bo‘ylab o‘tkazilayotgan Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlari mash’alasining estafetasida ishtirok etdi. 

Kecha, 23 dekabr kuni xitoylik aktyor Jeki Chan Olimpiya o‘yinlari mash’alasi estafetasi doirasida Olimpiya mash’alasini qadimiy Pompei xarobalari bo‘ylab olib o‘tib, Italiyaning Nepal shahrida italiyalik futbol yulduzlari Fabio Kannavaro va Chiro Ferraraga topshirdi. Estafetaning tantanali yakuni Neapolda bo‘lib o‘tdi. Hozirda Olimpiya mash’alasi estafetasi Rojdestvo bayrami munosabati bilan vaqtincha to‘xtatildi va joriy yilning 26 dekabr kuni Latsio mintaqasida davom ettiriladi. 

Umuman olganda, Olimpiya mash’alasi estafetasi qariyb 7 500 mil (12 000 kilometr) masofani bosib o‘tadi va Italiyaning barcha 110 viloyatini qamrab olgan holda, 6 fevral kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tadigan Milanning “San-Siro” stadioniga yetib borishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jeki Chan Fabio Kannavaro Milan-Kortina-2026

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing