O‘zbekiston yanvar oyida Dohada yig‘in o‘tkazadi

Sport

image

Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilning 22 yanvardan 2 fevralga qadar Qatar poytaxti Doha shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu yig‘in FIFA kunlaridan tashqarida bo‘lganligi sabab, asosan, mahalliy va yosh futbolchilar jalb etiladi.

Mazkur yig‘in 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish, terma jamoa tarkibi uchun munosib zaxira futbolchilarni shakllantirish hamda yosh o‘yinchilarga imkoniyat berish maqsadida tashkil etiladi. Yig‘in davomida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy va texnik holatini baholab boradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatida Portugaliya, Kolumbiya va Yamayka/Kongo/Yangi Koledoniya o‘tish o‘yini g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy olgan. Terma jamoa Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuvni 2026 yil 17 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Navbatdagi uchrashuv 23 iyun kuni Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliyaga qarshi bo‘lib o‘tsa, guruh bosqichining so‘nggi bahsi 27 iyun kuni o‘tish o‘yini g‘olibiga qarshi o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Fabio Kannavaro yig'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing