KDRdagi isyonda kamida 69 kishi o‘ldirildi

Olam

image

Joriy yilning aprel oyi oxiridan buyon Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) shimoli-sharqidagi Ituri provinsiyasida qurolli isyonchilar hujumi oqibatida kamida 69 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Kongo taraqqiyoti bo‘yicha kooperativ koalitsiyasi (CODECO) ga a’zo bo‘lgan qurollangan shaxslar Lendu xalqini himoya qilishini da’vo qilib, bir nechta qishloqlarga hujumlar uyushtirgan. Otishmalar lendu va xema qabilalari istiqomat qiladigan qishloqlarda amalga oshirilgan.

Kongoning Sharqiy qismi qimmatbaho minerallarga boy konlari tufayli qariyb 30 yildan buyon turli qurolli guruhlar uchun jang maydoni bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, Uganda va Janubiy Sudan bilan chegaradosh, oltinga boy Ituri provinsiyasidagi ikki etnik guruh – xemalar va lendular oltin vasvasasiga duchor bo‘lgan guruhlarning qurboni bo‘lib qolmoqda.

AFP’ga ko‘ra, 28 aprel kuni boshlangan qonli isyonlar oqibatida shu kungacha qariyb 70 nafar inson halok bo‘lgan. Ularning 19 nafari xavfsizlik xizmati xodimlari.

OAVga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan ma’lumot bergan xavfsizlik xizmati manbasiga ko‘ra, xarbiy operatsiyalar paytida ham qonli qo‘zg‘olonlar sodir bo‘layotgani tufayli qurbonlarni topish bir necha kunga kechiktirilgan.

Joriy yilning 30 aprel kuni BMT mintaqada Kongo Demokratik Respublikasidagi barqarorlashtirish missiyasini e’lon qilgan. Missiya qurolli to‘qnashuvlarni bostirish, tinch aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish va mamlakatda tezroq tinchlik o‘rnatishni maqsad qilgan.

“Biz KDRdagi qonli isyonlarni keskin qoralaymiz. Tinch aholiga qaratilgan qonli hujumlarda kuniga 10 ga yaqin tinch aholi qurbon bo‘lmoqda. BMT tashabbusi bilan KDRda tuzilgan Barqarorlashtirish missiyasida 200 ga yaqin tinch aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi. Tinch aholini qutqarish uchun hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettiramiz,” deydi BMTning mamlakatdagi maxsus qo‘mitasi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malida uyushtirilgan terroristik hujumlar oqibatida kamida 30 kishini halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Hojiakbar Muhammadjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kongo Demokratik Respublikasi isyon KDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing