Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonliklar Turkiyada ushlandi

3-sahifa

image

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan 6 fuqaro Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Interpol tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvlarda Toshkent va Anqara Milliy markaziy byurolari o‘rtasida kelishuvga erishilgan. Anqara Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlarining ko‘magida xalqaro qidiruvda bo‘lgan 6 fuqaro maxsus xizmatga topshirilgan. 

“Ular turli jinoyatlar, jumladan, odam savdosi, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda”, deyiladi xabarda. 

Ushlanganlar Anqara Interpol Milliy markaziy byurosi va Turkiya jandarmeriyasi xodimlari kuzatuvida olib kelingan. Olti nafar shaxsning barchasi keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston tomoniga topshirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda firibgarlik jinoyatida ayblanib, qidiruvda bo‘lgan bir necha shaxslar qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi. Mamlakatga qaytarilganlar orasida 1982 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan A.G‘., 1992 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan B.Sh. hamda 1970 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan M.G. bor.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston Interpol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing