Xitoy BMTni Yaponiya nisbatan qarshi hujum qilishdan ogohlantirdi
Olam
−
23 noyabr 2999 2 daqiqa
Xitoyning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Fu Sun tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrishga xat yuborib, agar Yaponiya Tayvan bo‘g‘oziga qurolli aralashuvga urinsa, Pekin o‘zini himoya qilish huquqidan foydalanishini ma’lum qildi. Bu haqda Xitoyning rasmiy axborot agentligi “Sinxua” xabar berdi.
“Agar Yaponiya Tayvan bo‘g‘oziga qurolli aralashuvga urinishga jur’at etsa, bu tajovuzkorlik harakati hisoblanadi. Xitoy BMT Nizomiga muvofiq o‘zini himoya qilish huquqidan qat’iy foydalanadi va o‘z suverenitetini qat’iy himoya qiladi”, deyiladi xatda.
Maktubda Yaponiya Bosh vaziri Bosh vaziri Sanae Takaitining so‘nggi bayonotlari “1945 yilda Yaponiya mag‘lub bo‘lganidan beri birinchi marta” Yaponiya rahbari “Tayvandagi favqulodda vaziyat”ni Yaponiyaning o‘z xavfsizligi va jamoaviy o‘zini himoya qilish huquqi bilan rasman bog‘lagani ta’kidlangan. Fu Sunning so‘zlariga ko‘ra, bu shuningdek, Tokioning harbiy aralashuv ambitsiyalarini bildirgan va aslida Xitoyga qarshi kuch ishlatish bilan tahdid qilgan birinchi holatdir.
Fu Sun Takaitining bayonotlarini o‘ta xavfli, xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi va yapon tajovuzidan aziyat chekkan 1,4 milliard xitoylik va osiyoliklarga qarshi ochiq provokatsiya, deb atadi.
Xat BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatiladi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya va Xitoy o‘rtasidagi keskinlik Sanae Takaiti joriy yilning 7 noyabr kuni parlament muhokamasi paytida Tayvan yaqinidagi mumkin bo‘lgan harbiy inqiroz “mavjudlik tahdidi”ni keltirib chiqarishi va Yaponiyani “kollektiv o‘zini himoya qilish huquqidan” foydalanishga majbur qilishi mumkinligini aytganidan keyin kuchaydi. Bu Pekinda kuchli norozilikni keltirib chiqardi va Tokioga jiddiy ogohlantirish berdi. Osakadagi Xitoy bosh konsuli Syue Szyan o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi X (sobiq Twitter) akkauntida Yaponiya Bosh vazirining “boshini kesib tashlash” bilan tahdid qildi, ammo keyinchalik post o‘chirildi. Birozdan keyin Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vatandoshlarini Yaponiyaga sayohat qilishdan ogohlantirdi.
Tayvan 1949 yildan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi, o‘shanda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi Gomindan partiyasining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchraganidan keyin orolga qochib ketishgan. O‘shandan beri Taypey kommunistlar hokimiyat tepasiga kelishidan oldin materikda mavjud bo‘lgan sobiq Xitoy Respublikasining bayrog‘i va boshqa ba’zi atributlarini saqlab qoldi. Pekinning rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, u Xitoyning hududi va ko‘plab mamlakatlar buni tan oladi.
Live
Barchasi