Xitoyda 73 kishi poraxo‘rlik uchun futboldan umrbod chetlatildi

Sport

image

Xitoy rasmiylari Xitoy futbol assotsiatsiyasi (XFA) sobiq raisi Chen Syuyyuanya va milliy terma jamoaning sobiq bosh murabbiysi Li Te va 71 kishini futbol bilan bog‘liq faoliyatdan umrbod chetlatdi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi (CCTV) xabar berdi.  

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 29 yanvar kuni Sport bosh boshqarmasi, Jamoat xavfsizligi vazirligi va Xitoy futbol assotsiatsiyasi tomonidan futboldagi korrupsiya masalalariga bag‘ishlangan qo‘shma matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan.

“Xalq sudi tomonidan aybdor deb topilgan Chen Syuyyuanya va Li Te kabi yetmish uch kishi futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatda ishtirok etishdan umrbod chetlatildi”, deyiladi CCTV bayonotida. 

Ta’kidlanishicha, 13 ta klub ham jarimaga tortilgan. Shuningdek, CFA musobaqalari bo‘yicha sobiq direktor Xuan Sun 7 yil, XFA sobiq vitse-raisi Li Yuyi 11 yil, Xitoy terma jamoasining sobiq bosh murabbiysi va “Everton”ning sobiq yarim himoyachisi Li Te poraxo‘rlik uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. 

Ma’lumot uchun, Xitoy 2022 yil noyabr oyidan buyon futboldagi korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli kampaniyani davom ettirmoqda. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, ushbu kampaniya davomiyligi va hibsga olishlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatgan va Xitoy futboli tarixidagi eng yirik korrupsiyaga qarshi chora bo‘lgan.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ilgari korrupsiya Xitoy Xalq partiyasining hayotiyligi va jangovar samaradorligiga tahdid soluvchi eng xavfli kuch ekanligini ta’kidlagan. U shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash bir lahza ham to‘xtamasligini, partiya hech qachon korrupsiyaga toqat qilmasligini bildirgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Xitoy Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing