Xitoyda 86 mln yillik dinozavr tuxumlari topildi
Olam
−
13 Sentabr 6505 1 daqiqa
Xitoyning Sinlunshan qo‘riqxonasida toshga aylangan tuxum qobig‘idan namunalar topildi va tadqiqotchilar ulardan to‘plangan qo‘rg‘oshin va uran atomlarini o‘lchash orqali tuxumlarning necha yoshda ekanini hisoblab chiqdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning markaziy qismida joylashgan Sinlunshan qazilma qo‘riqxonasida topilgan 28 ta dinozavr tuxumidan iborat to‘plamning yoshi taxminan 86 million yil deb baholanmoqda. U yerdagi tuxumlarning aksariyati Dendroolithidae oilasiga mansub (“dinozavr tuxumlarining taksonomik oilasi”) bo‘lgan “Placoolithus tumiaolingensis” turiga tegishlidir. Tuxumlar uzunligi taxminan 4,7 dan 6,7 dyuymgacha (120 dan 170 millimetrgacha) biroz yassilangan shar shaklida bo‘lib, qalinligi 0,09 dyuymdan (2,4 millimetr) oshmaydigan minerallashgan qobiqlarga ega.
Olimlarning aytishicha, ular namunalar sanasini aniqlashda “atom soati” usulidan foydalangan. Tadqiqotchilar endi tuxumlar va ularning yoshini baholashda qo‘llangan texnika va metodlar dinozavrlarning sovuq iqlimga qanday moslashganini aniqlashga yordam berishiga umid qilmoqda.
“Biz topilmalarni juda ehtiyotkorlik bilan tekshirishimiz kerak. Bu juda murakkab, asbob-uskunalar va zamonaviy laboratoriya sharoitlarini talab qiladigan jarayon. Namunalarni boshqa materiallar bilan ifloslantirmaslik kerak”, deydi tadqiqot yetakchisi Bi Chjao.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning qo‘shnisi bo‘lgan Qirg‘izistonda, Norin daryosi bo‘yida Yer yuzining hech bir qismida topib bo‘lmaydigan dinozavrlarning qoldiqlari topilgandi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi