Xitoyda iPhone 17 narxiga teng odamsimon robot yaratildi (video)

Texnologiya

image

Xitoyning Noetix Robotics startapi inson shaklidagi robot “Bumi”ni taqdim etdi. Bu haqda “Robotics and automation news” xabar berdi.

Uning narxi deyarli iPhone 17’ning narxiga teng. Kompaniya o‘zining odamsimon roboti – “Bumi”ning narxini 1370 dollarga baholadi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu narx-navo to‘sig‘ini yengib o‘tgan dunyodagi birinchi yuqori samarali gumanoid robot.

Bu ikki oyoqli robot bo‘lib, bo‘yi 94 sm, og‘irligi 12 kg. U kompozit materiallardan tayyorlangan bo‘lib, uni juda yengil qiladi. U yetarlicha barqaror holatda yurishi, buyruqlarga javob berishi va hatto raqsga tushishi mumkin. Uning dizayni Noetix’ning xususiy balans va harakatni boshqarish tizimiga asoslangan.

Yangi mahsulot nafaqat uy yordamchisi, balki ta’lim loyihasi sifatida ham joylashtirilgan. Ochiq dasturlash interfeysi talabalar va ishqibozlarga robot uchun o‘z skriptlari va ta’lim dasturlarini yozish imkonini beradi.

Noetix kompaniyasi “Bumi” robotining chiqarilishini insoniy robotlarning kundalik hayotga integratsiyalashuvidagi muhim bosqich deb atagan. Kompaniya “Bumi” uchun Xitoyda ikkita yirik bayram sotuvi oralig‘ida oldindan buyurtmalar ochishni rejalashtirmoqda – Double 11 (11 noyabr) va Double 12 (12 dekabr).

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 oktyabr kuni Xitoyning innovatsion texnologiyalar va intellektga oid ilovalar bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Deep Robotics kompaniyasi o‘zining har qanday ob-havo sharoitida ham tashqi ishlarga moslasha oladigan dunyodagi birinchi gumanoid robotini taqdim etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

iPhone 17 Bumi Noetix Robotics

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing