Apple iPhone 17 ni taqdim etdi (foto)
Texnologiya
−
09 Sentabr 9918 1 daqiqa
Apple kompaniyasi yangi iPhone 17 smartfonini taqdim etdi. U 6 yadroli A19 protsessori, kattalashtirilgan ekran va 256 Gb boshlang‘ich xotiraga ega bo‘ladi.
.jpg)
.jpg)
Bir qarashda u iPhone 16’ga o‘xshaydi, biroq muhim yangilanishlar mavjud:
- 6,3 dyuymli, 120 Gts chastotali displey: kattaroq ekran va yanada yupqa ramkalar.
- Old kamera endi 12 o‘rniga 24 MP – selfilar yanada tiniqroq bo‘ladi.
- Plus o‘rniga yangi Air versiyasi – atigi 5,5 mm qalinlikda.
- Ceramic Shield 2: ekran himoyasi tirnalishlarga qarshi uch baravar samaraliroq.
- Atigi 20 daqiqada 50% gacha zaryadlanadi.
- 48 MP’lik telekamera – batafsilroq suratlar uchun.
.jpg)
.jpg)
Taqdimotda, shuningdek, ultrayupqa iPhone Air ham namoyish etildi. Bu shunchaki navbatdagi iPhone emas, balki yengillik va mustahkamlikka urg‘u berilgan qurilma:
- Qalinligi atigi 5,6 mm
- ProMotion texnologiyasiga ega ekran
- Yangi avlod Ceramic Shield: 4 baravar mustahkam
- Titan qirralarga ega korpus
- Kuchli A19 Pro chipi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Yangi iPhone 17 narxlari to‘liq:
- iPhone 17 — $799
- iPhone Air — $999
- iPhone 17 Pro — $1099
- iPhone 17 Pro Max — $1199.
Live
Barchasi