Xitoyda pora olgan amaldor qatl etildi

Olam

image

Bugun, 9 dekabr kuni Xitoyda “China Huarong International Holdings” kompaniyasining sobiq bosh direktori Bay Tyanxuy 1,1 milliard yuan (taxminan 156 million dollar) miqdorida pora olganlikda aybdor deb topilib, osib o‘ldirildi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Qayd etilishicha, jinoyatchi Bay Tyanxuy 2014-2018 yillar davomida faoliyat yuritib kelgan kompaniyalardagi yuqori lavozimlaridan foydalanib, katta miqdorda pul va aktivlarni noqonuniy ravishda qabul qilib kelgan.

U 2024 yil may oyida Tyanjin shahrida o‘lim jazosiga hukm qilingandi. U fevral oyida Yuqori sudga bergan apellyatsiyasida yutqazdi, shundan so‘ng Xitoy Oliy sudi hukmni tasdiqladi. Bayning oilasi voqea yuzasidan izoh berishni rad etdi.

Bu qatl Xitoyning moliya sektorida so‘nggi yillarda kuchaytirilgan korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasining navbatdagi yirik ishidir. 2021 yilda Huarongning sobiq raisi Lay Syomin 1,79 milliard yuan pora olganlikda ayblanib, Xitoy tarixidagi eng yirik korporativ korrupsiya ishlaridan birida qatl etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreyada “kibrlangan“ tadbirkor juftlik qatl etilgani haqida xabar berilgandi. Pxenyanda o‘tkazilgan qatlni yuzlab odamlar, hatto bolalar ham majburan tomosha qilgan. Yoshi 50 atrofidagi tadbirkorlar elektrovelosipedlar, akkumulyatorli mototsikllar uchun qismlar va oddiy velosipedlarni sotish, ta’mirlash hamda ijaraga berish bilan shug‘ullangan. Ular rasman Sadong tumani kasaba uyushmalari federatsiyasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, katta daromad topgani sabab “katta rahbarlar” sifatida tanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

pora Xitoy Bay Tyanxuy qatl etildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing