Xonobod shahriga ham yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Elyorbek Inomiddinovich Abdurahmonov Xonobod shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar u viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Elyorbek Abdurahmonov 1986 yilda Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Karmana tumaniga yangi hokim tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Andijon viloyati hokim Xonobod shahri Elyorbek Abdurahmonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing