Xorazmda qancha odam ishsiz ekani aytildi

Jamiyat

image

Xorazm viloyatida katta o‘zgarishlarga qaramasdan, 45 ming fuqaro ishsiz ekani aytildi. Bu haqda bugun, 2 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

“Xorazm – shonli tariximiz bilan yangi islohotlarimiz tutashgan chorraha, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Logistika zanjirlaridan uzoqda, tabiiy resurslari cheklangan bu diyorda o‘tgan yili “Kichik va o‘rta biznes yili” bo‘ldi, deyish uchun barcha asoslarimiz bor”, dedi davlat rahbari. 

Ma’lum qilinishicha, 2024 yili viloyatda 7 ming yangi tadbirkor ish boshlagan, 47 ta korxona kichikdan o‘rtaga o‘tgan, 10 dan ortiq tadbirkorning aylanmasi 200 milliard so‘mdan oshgan. Bularning hisobiga viloyatda bir yil ichida 290 ming aholi ishli bo‘lgan.

Lekin katta o‘zgarishlarga qaramasdan viloyatda kambag‘allik hali ham 12 foiz atrofida, 45 ming fuqaro ishsiz ekani, aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan atigi 1 ta korxona borligi qayd etildi.

Shu bois, viloyat rahbariyati, 13 ta tuman hokimi har bir imkoniyatni loyihaga aylantirib, yangi ish o‘rinlari yaratishi, sanoat, servis, turizm, qishloq xo‘jaligi, eksport salohiyatini yanada oshirish, ijtimoiy soha va infratuzilmadagi muammolarni hal qilish uchun qat’iyat va mas’uliyat bilan harakat qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xorazm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing