Xorazmga uchayotgan samolyot Ozarbayjonga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 17 oktyabr kuni Istanbul – Urganch yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyot bortdagi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Ozarbayjonning Baku xalqaro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” xabar berdi.

“Faqatgina, 17 oktyabr kuni HY280 Istanbul - Urganch yo‘nalishidagi aviaqatnov yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Baku xalqaro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi”, deyiladi kompaniya xabarida. 

Rasmiy xabarda “Uzbekistan Airways” yo‘lovchiga nima bo‘lgani va uning ahvoli hozir qanday ekanligini ochiqlamagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq HY272 reysini bajarayotgan UK67003 bort raqamli havo kemasi Istanbuldan havoga ko‘tarilganidan so‘ng, uchishdan 1 soat o‘tib, 350-eshelon balandligida salon va kabinadagi bosimning beqarorligi haqida signalizatsiya tizimi ishga tushgandi. Parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida, havo kemasi komandiri samolyotni jo‘nash aeroportiga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing