Kilian Mbappe jazolanishi mumkin
Sport
−
26 noyabr 1852 2 daqiqa
Fransiya terma jamoasi va “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe joriy yilning 23 noyabr kuni “Elche” uchrashuvidan so‘ng hakamni haqorat qilganlikda ayblandi. La Liga ushbu holat yuzasidan intizomiy ish qo‘zg‘atishi mumkin. Bu haqda “sports” nashri xabar berdi.
La Liganing 13-turidan o‘rin olgan “Real Madrid”ning “Elche”ga qarshi safar o‘yinida (2:2) ochko yo‘qotishi fransiyalik hujumchi Kilian Mbappening keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Mbappe yakuniy hushtakdan so‘ng hakamga nisbatan og‘zaki haqorat ishlatgan.
Uchrashuv yakunida Mbappe norozilik bildirgani uchun sariq kartochka oldi. Biroq DAZN Espana kameralarida qayd etilgan yangi kadrlar ispan matbuoti tomonidan yoritilishicha, voqea oddiy norozilik doirasidan ancha oshib ketgan. Mbappe hakamning qo‘shimcha daqiqalarni noto‘g‘ri qo‘shilganligini ta’kidlab, undan izoh talab qilgan. Bu jarayonda u fransuz tilida bir necha bor hakamni haqorat qilgan. Ushbu so‘zlar fransuz tilida aytilgani sabab hakam ularni darhol anglamagan.
Ma’lumotiga ko‘ra, La Liga intizom qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan DAZN tasvirlarini o‘rganib chiqib, Mbappega nisbatan intizomiy sanksiya qo‘llanishi ehtimoli mavjud.
Ma’lumot uchun, hozirda “Real Madrid” La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Kilian Mbappe esa 13 ta gol bilan musobaqa to‘purari bo‘lib turibdi.