Kim Chen In tanklarini yangilamoqchi
Olam
−
05 may 6081 1 daqiqa
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasi qisqa vaqt ichida zirhli texnikalar parkini yangilashi kerakligini aytdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari harbiy texnikalar bilan tanishish chog‘ida tanksozlikdagi yutuqlarni qayd etib, ishlab chiqarishda ikkinchi to‘ntarishni amalga oshirishga chaqirgan.
“Kim Chen In o‘tgan asrdagi quruqlikdagi qo‘shinlarimiz zirhli texnikasini eng yangi tanklar va zirhli mashinalarga almashtirish qurolli kuchlarni qurish va quruqlikdagi qo‘shinlarni modernizatsiya qilishda eng muhim masala ekanini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.
Kim Chen Inning qo‘shimcha qilishicha, texnika ishlab chiqarishda “tanklarning zamonaviy urushdagi vazifasi va rolini aniq ifodalash va bilib olish” kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda jangovar harakatlarni olib borishning sub’ektiv va ob’ektiv shartlari o‘zgargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya o‘z tarixida eng katta kemaga aylanishi mumkin bo‘lgan harbiy kemani qurayotgani haqida xabar berilgan edi. Sun’iy yo‘ldoshlar tomonidan olingan suratlarga ko‘ra, ushbu kema Shimoliy Koreyaning g‘arbiy sohilida, Pxenyandan taxminan 60 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Nampo kemasozlik zavodida qurilmoqda.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr