KXDRda ilk bor ayollarga haydovchilikni o‘rganishga ruxsat berildi – OAV

Olam

image

Shimoliy Koreyada ayollarga haydovchilikni o‘rganishga ruxsat berila boshlandi. Bu haqda mamlakatdagi manbalariga tayanib, Janubiy Koreyaning Daily NK nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, ilk bor ayrim avtomaktablar Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Sotsialistik ayollar ittifoqi tavsiyasi asosida qizlarni o‘qishga qabul qilishni boshlagan. Bungacha ayollar yo‘l harakatini tartibga solish huquqiga ega bo‘lsalar-da, avtomobil boshqarishlari taqiqlangan edi. Hozircha ayollar uchun rasmiy haydovchilik guvohnomasi olishga ruxsat berilganiga oid bayonotlar e’lon qilinmagan.

Bu Kim Chen In rahbarligi davrida transport sohasidagi ilk erkinlashtirish harakati emas. 2010 yillar boshida, hokimiyat tepasiga kelganidan keyin u ayollar uchun velosipedda yurish taqiqini bekor qilgan. Ushbu taqiqni uning otasi Kim Chen Ir 1996 yilda bir rasmiyning qizi halok bo‘lgan hodisadan so‘ng joriy qilgan. Janubiy Koreya OAVlarining yozishicha, o‘sha paytda Shimoliy Koreya rahbariyati ayollarning velosiped haydashini shamolda hilpiraydigan yubkalari sababli nomaqbul deb bilgan.

Shimoliy Koreya rasmiylari bu o‘zgarishlarga hali izoh bermagan. Biroq kuzatuvchilar ayollarga avtomaktablarda o‘qish imkoniyati berilishini mamlakatdagi ijtimoiy siyosatda sekin va cheklangan bo‘lsa-da, muayyan o‘zgarishlar bo‘layotganidan darak sifatida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreya Xalq Demokratik Respublikasida ilk bor sevgi va partiya xatolarini ochiq tasvirlagan teleserial efirga uzatilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Janubiy Koreya Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing