Kongo futbol federatsiyasi prezidenti umrbod qamaldi
Sport
−
10 mart 1809 1 daqiqa
Kongo Respublikasi futbol federatsiyasi prezidenti Jan-Gi Blez Mayolas yirik miqdordagi moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilib, umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Yen” nashri xabar berdi.
Sud hukmiga ko‘ra, mulozim COVID-19 pandemiyasi davrida pul yuvish, hujjatlarni qalbakilashtirish, noqonuniy foizlar olish va FIFA tomonidan ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirishda ayblangan.
Tergov materiallariga ko‘ra, Mayolas ayollar futbolini rivojlantirish va maxsus o‘quv markazini qurish uchun mo‘ljallangan jami 1,3 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni talon-toroj qilgan. Shundan qariyb 500 ming AQSH dollari bevosita ayollar terma jamoasi ehtiyojlari uchun ajratilgan edi.
Mayolas 2025 yil may oyi oxirida Markaziy razvedka va hujjatlar boshqarmasi (CID) tomonidan qo‘lga olingan edi. Federatsiya prezidenti bilan birga bosh kotib Badji Mombo Vantete ham hibsga olingan.
Biroq, har ikki mulozim o‘zlariga qo‘yilgan ayblarni rad etib, ushbu jinoiy ishni siyosiy “fitna” deb atagandi.
Eslatib o‘tamiz, Kongo terma jamoasi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining ehtimoliy raqibi hisoblanadi. Ular saralashda Yamayka va Yangi Kaledoniyani mag‘lub etsa, Fabio Kannavaro shogirdlari bilan birga “K” guruhidan o‘rin oladi.
Live
Barchasi