O‘zbekistonda pedofillarga umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 14 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo choralarini belgilash kutilmoqda. Bu haqda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi” loyihasida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, ayollar va bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi. Jumladan, 14 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo choralarini belgilash kutilmoqda.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy va zo‘ravonlikka oid jinoyatlarni tergov qilish prokuratura organlarining mutlaq vakolatiga o‘tkaziladi. Voyaga yetmagan shaxslar, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlarni tergov qilish hamda ko‘rishga maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tergovchi va sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, nikoh yoshiga yetmagan shaxsni unashtirganlik uchun uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga, noqonuniy nikohni targ‘ib qilgan shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari belgilanadi.

Oila va xotin-qizlar maskanlarida yosh nikohlanuvchilarni maxsus o‘qitish dasturlari samaradorligi oshiriladi. Yosh nikohlanuvchilarning kamida 40 foizi maxsus o‘qitish dasturlari bilan qamrab olinadi, psixolog, huquqshunos va boshqa mutaxassislarni jalb qilish orqali oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashish choralari ko‘riladi. Mazkur normalar 2026 yil 1 apreldan joriy etilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

pedofil umrbod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing