Koreya o‘zbekistonliklarga ishchi viza berishni to‘xtatishi mumkin

Jamiyat

image

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik noqonuniy ishchilar soni ko‘paysa, mamlakat ishchi viza berilishini to‘xtatadi. Bu haqda 17 yanvar kuni Janubiy Koreyadagi O‘zbekistoning Favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdusalomov elchilar va tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida ma’lum qildi.

Alisher Abdusalomovning so‘zlariga ko‘ra, yillik kvota doirasida 5 ming nafar migrantni Koreyaga yuborish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, amalda yiliga taxminan 600 nafar fuqaro yuborilmoqda. Buning asosiy sababi ish beruvchilar o‘zbekistonliklarni tanlamayotgani.

“Yuborilayotgan ishchilarimiz, boshqa joyga nolegal bo‘lib o‘tib ketish holati judayam ko‘p. Hozirda Koreyadagi umumiy aholimizdan 9 foizi nolegal hisoblanadi. Agar bu ko‘rsatgich 10 foizga yetsa, Koreya Adliya vazirligi tomonidan viza berish to‘xtatiladi. Bu nafaqat ishchi vizaga, balki ta’lim sohasiga ham tegishli. Til kurslari yoki universitetlarga borayotgan yoshlarimiz, o‘qishidan ketib qolgan holda ishlash uchun nolegal statusga chiqib ketyapti. Buning ortidan koreyalik kompaniyalarda o‘zbekistonlik ishchilarga nisbatan boshqacha fikr uyg‘onmoqda”, deydi Abdusalomov

Yig‘ilishda, Janubiy Koreyada hozirda 100 mingga yaqin o‘zbekistonlik fuqaro yashayotgani qayd etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev Alisher Abdusalomovga mehnat migratsiyasini tizimli va sifatli ravishda kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Mas’ullar shartnoma asosida muayyan sohada ishlash uchun ketgan fuqarolarning boshqa sohalarga o‘tib ketmasligi muhim ekanini alohida eslatib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya ishchi viza to'xtatiladi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing