Krouford dunyoning yangi eng yaxshi bokschisi deb topildi

Sport

image

Amerikalik charm qo‘lqop ustasi Terens Krouford ESPN tomonidan vazn toifasidan qat’i nazar eng yaxshi bokschi deb topildi. Bu haqda nashrning rasmiy sahifalarida xabar berildi.

37 yoshli amerikalik bokschi Terens Krouford joriy yilning 14 sentyabr kuni uchinchi bor mutlaq Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgandi. Shundan so‘ng, uning professional rekordi 42-0 (31 KO) bo‘ldi. Kroufordning yutuqlari uchun nufuzli ESPN sport portali uni vazn toifasidan qat’i nazar o‘z reytingida eng yuqori pog‘onaga chiqardi.

Endi eng yaxshi bokschilar ro‘yxati quyidagicha:

  1. Terens Krouford (42-0, 31 KO);
  2. Aleksandr Usik (24-0, 15 KO);
  3. Naoya Inoue (31-0, 27 KO);
  4. Dmitriy Bivol (24-1, 12 KO);
  5. Jessi Rodriges (22-0, 15 KO);
  6. Artur Beterbiyev (21-1, 20 KO);
  7. Shakur Stivenson (24-0, 11 KO);
  8. Devid Benavides (30-0, 24 KO);
  9. Dzyunto Nakatani (31-0, 24 KO);
  10. Kanelo Alvares (63-3-2, 39 KO).

Eslatib o‘tamiz, Kanelo-Krouford jangi 14 sentyabr tongida AQSHning Nevada shtati, Las-Vegas shahridagi “Allegiant Stadium” arenasida bo‘lib o‘tgandi. Unda supero‘rta vazn toifasidagi mutlaq Jahon chempioni unvoni qo‘yildi. Jang 12 raund davom etdi va hakamlarning yakdil qarori bilan Krouford g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Terens Krouford

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing