O‘zbekistonlik 9 bokschi Jahon chempionati yarim finaliga chiqdi

Sport

image

Kecha, 10 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi IBA Jahon chempionatining chorak final janglari yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar a’zosi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

IBA Jahon chempionatining chorak final bahslarida 11 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi. Ulardan 2 nafari o‘z bahslarida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani ushbu bosqichda yakunladi. 9 nafar O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi esa g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

Yarim final janglari bugun, 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

Yarim final juftliklar quyidagicha:

-54 kg: Asilbek Jalilov - Viacheslav Rogozin (Rossiya);

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Artur Bazeyan (Armaniston);

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Alexandru Paraschiv (Moldova);

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Sabirjan Akkalikov (Qozog‘iston);

+92 kg: Arman Maxanov - Davit Chaloyan (Armaniston);

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Rudolf Garboyan (Armaniston);

-57 kg: Xo‘janazar Nortojiyev - Xusravxon Rahimov (Tojikiston);

-80 kg: Javohir Ummataliyev - Arlen Lopez Kardona (Kuba);

-92 kg: To‘rabek Xabibullayev - Alfonso Dominges (Ozarbayjon).


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston boks Dubay Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing