Ko‘p qavatli uylarni ta’mirlashga 240 mlrd so‘mdan ortiq pul ajratildi

Jamiyat

image

Ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash uchun 244 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida respublika bo‘yicha 9 812 ta ko‘p kvartirali uyda ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Ushbu maqsadlar uchun 244 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, uylardagi tom, yerto‘la, fasad, kirish yo‘laklari hamda ichki muhandislik tarmoqlari ta’mirlangan.

Qo‘shimcha qilinishicha, ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari doirasida 20 million kVt elektr energiyasi va 2,8 million kub metr gaz tejalishi kutilmoqda.

Shuningdek, 1,5 mingta kodli temir eshik, 14,6 ming kv.m oynavand framuga va 70 mingga yaqin energiya tejamkor chiroq o‘rnatilgan. Davlat dasturlari va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 4 mingdan ortiq uyda ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun zarur materiallar zaxirasi – 207 ming kv.m shifer, 36 ming dona zadvijga va ventil, 145 ming pogonometr va har xil turfdagi quvurlar, 379 tonna qum-tuz aralashmasi va boshqa jihozlar tayyorlab qo‘yilgan.

Shuningdek, 505 ta liftni yangilash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 301 tasi o‘rnatilgan, yana 108 tasida ishlar davom etmoqda.

Ko‘p kvartirali uylarda energiya samaradorligini oshirish maqsadida quyosh panellari va geliokollektorlar o‘rnatish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, hukumatning tegishli qarori ijrosi doirasida ko‘p qavatli uylarning 195 ming kv.m fasad qismi bazalt izolyatsiya materiali bilan qoplangan. Bu orqali 20 million kVt elektr energiyasi va 2,8 million kub metr gaz tejalishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga oshirilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

uy-joy kuz-qish mavsumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing