Levandovski Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski 2026 yilda MLS’ning “Inter Mayami” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Polsha terma jamoasining sobiq futbolchisi Marek Yuzvyak Polsha televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika klubi rahbariyati Levandovski uchun hozirdanoq uy qidirishni boshlab yuborgan. 

37 yoshli hujumchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.  Robert kataloniyaliklar safiga 2022 yilda “Bavariya” klubidan kelib qo‘shilgan. U shu vaqtga qadar “Barselona” bilan 164 ta uchrashuvda maydonga tushib, 109 ta gol va 22 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, u jamoa bilan ikki bor Ispaniya chempioni va Ispaniya kubogi sohibiga aylangan.

Hozirda La Liganing 17-turidan so‘ng “Barselona” 43 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid”ning sobiq chap qanot himoyachisi Serxio Regilon erkin agent sifatida “Inter Mayami” safiga borib qo‘shilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi “Inter Mayami” Robert Levandovskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing