Litvada havo sharlari sabab aeroport yopildi

Olam

image

Litvaning Vilnyus xalqaro aeroporti kecha, 23 noyabr kuni havo hududiga qarab harakatlanayotgan havo sharlari sababli vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” ma’lum qildi.

Keltirilishicha, Yevropa aviatsiya tizimi oxirgi oylarda dronlarni ko‘rish va ularga oid hujumlar sabab bir necha bor izdan chiqqan. Xususan, Kopengagen va Bryussel aeroportlarida bir necha marotaba uzilishlar kuzatilgan. Vilnyus aeroportining yopilishi esa Litva poytaxtida oktyabr oyidan beri kuzatilgan to‘qqizinchi holat bo‘ladi. Bu safar ham xalqaro aeroportga kiruvchi reyslar boshqa shaharlarga yo‘naltirilgan. 

Litva hukumati mazkur uzilishlarga qo‘shni Belarusdan noqonuniy sigaretalar kontrabandasida foydalaniladigan havo sharlari sabab bo‘layotganini qayd etdi. 

Vilnyus belaruslik Aleksandr Lukashenkoni bunday amaliyotga yo‘l ochib berishda ayblab, hodisani “gibrid hujum” deb atadi.

O‘tgan oy Litva havo sharlarining ko‘payishi ortidan Belarus bilan chegaradagi ikki o‘tish punktini yopgan edi. Lukashenko esa chegaraning yopilishini “aqldan ozgan firibgarlik” deb baholab, G‘arb davlatlarini Belarus va Rossiyaga nisbatan gibrid urush olib borayotganlikda ayblagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan eng so‘nggi yadroviy qurollarni olgani haqida xabar berilgandi. 

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Litva Vil'nyus havo sharlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing