O‘zbekiston bosh murabbiyi Litvada “Eng yaxshi” deb topildi
Sport
−
10 fevral 5868 1 daqiqa
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite 2025 yil yakunlariga ko‘ra Litvada “Eng yaxshi ayol murabbiyi” deb e’tirof etildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite ushbu nufuzli mukofotni ketma-ket ikkinchi bor qo‘lga kiritmoqda. U 2024 yilda ham yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan edi.
Ma’lumot uchun, Kotrina Kulbite 2025 yilning yanvar oyida O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Bungacha Kotrina Litva ayollar terma jamoasi va turli yosh toifalaridagi qizlar terma jamoalarida bosh murabbiy va yordamchi murabbiy lavozimlarida faoliyat yuritgan.