Livanning sharqida keskinlik: Isroil zarbalarida 50 ga yaqin odam halok bo‘ldi
Olam
−
07 mart 1545 1 daqiqa
Isroil armiyasi Livanning sharqiy qismiga bergan zarbalari va “Hizbulloh” bilan to‘qnashuvlar oqibatida kamida 41 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Livan sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib "Euronews" ma’lum qildi.
Hujumlar asosan Baalbek viloyatidagi Nabi-Shit shahri va atrofida amalga oshirilgan. Manbalarga ko‘ra, tunda shaharga havo orqali kirgan Isroil maxsus bo‘linmalari mahalliy qurolli guruhlar bilan to‘qnash kelgan. Ottishma bir necha soat davom etgan.
Livan armiyasi ham hujumlar vaqtida uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganini bildirgan. Keyinchalik Shmistar shahriga qilingan alohida zarba natijasida yana olti kishi, jumladan to‘rt nafar bola halok bo‘lgan.
Isroil harbiylari janub va sharqiy Livandagi "Hizbulloh" pozitsiyalariga zarbalar berganini tasdiqlab, bir qator qo‘mondonlar yo‘q qilinganini e’lon qilgan. Keskinlik Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy o‘limi uchun qasos sifatida “Hizbulloh” tomonidan Isroilga raketa zarbalari berilganidan keyin yanada kuchaygan.
Ayni paytda BMT Livan va Isroilni zudlik bilan muzokaralarga kirishishga chaqirgan. Tashkilot vakillari mojaro davom etsa, mintaqadagi vaziyat yanada og‘irlashishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2 mart kuni Livan hukumati “Hizbulloh”ning harbiy harakatlarini taqiqlagan edi.
Live
Barchasi