“Liverpul” yangi hujumchi sotib olmoqchi
Sport
−
16 iyul 4152 1 daqiqa
Angliyaning “Liverpul” klubi boshqa bir Angliya klubi “Nyukasl”ga hujumchisi Aleksander Isakni sotib olish uchun 120 million yevrolik taklif tayyorladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Agar “Nyukasl” Isakni sotishga rozi bo‘lsa, “Liverpul” 120 million yevrolik rasmiy taklif yuboradi. Lekin “Nyukasl” yozgi transferlar oynasida Isakni umuman sotmoqchi emas. Futbolchi esa “Liverpul”ga hali rad javobini bergani yo‘q.
“Liverpul” Isakni sotib ololmasa, bor e’tiborini Germaniyaning “Ayntraxt Frankfurt” klubi hujumchisi Ugo Ekitikega qaratadi va muzokaralarni davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, shvetsiyalik hujumchi Aleksander Isak Angliya Premer Ligasining 2024-2025 mavsumida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 gol va 6 assistni amalga oshirgan. Ugo Ekitike esa o‘tgan mavsumda Frankfurt klubi safida 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ibrohim Mavlonov
Live
Barchasi