Lochinlarni qiynab, boshqa mamlakatga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 8 bosh lochinni respublika hududidan noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, tumanda o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs “Oqtosh” qo‘riqlov punkti orqali davlat chegarasini buzib o‘tgan holda harakatlanayotganida to‘xtatib qolingan.

Ushbu shaxsning yonidagi sumka belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning ichida 8 bosh tirik lochin borligi aniqlangan.

Qo‘shimcha qilinishicha, noqonuniy ravishda olib o‘tishda atrofdagilarga sezdirmaslik uchun qushlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lingan – qushlarning ko‘z va oyoqlari bog‘lab qo‘yilgan, qanotlari esa “skotch”langan, shuningdek tor hajmdagi sumkaga zichlab joylangan.

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mutaxassislarining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu lochinlar O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Hozirda qushlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida noyob lochinlarni noqonuniy saqlab turgan shaxs 620 million so‘mdan ortiq jarimaga tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bo'stonliq Qizil kitob Lochin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing