Londonda ilk bor haydovchisiz taksilar paydo bo‘ladi

Texnologiya

image

AQSHning haydovchisiz avtomobil texnologiyalariga asoslangan haydovchisiz taksi xizmatini taqdim etuvchi Waymo kompaniyasi kelasi yili London bozoriga kirishni va birinchi robot-taksilarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Independent” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchisiz taksilarni London ko‘chalarida sinab ko‘rish ishlari yaqin haftalardayoq boshlanadi. Sinov davrida rulda ehtiyot chorasi sifatida dublyor haydovchi bo‘ladi. Shu yo‘l bilan Waymo Britaniya hokimiyatidan rasmiy ruxsat olishni maqsad qilgan. Agar ruxsat berilsa, 2026 yildan Londonda birinchi robotaksi xizmati ishga tushiriladi. 

Jaguar iPACE taksi parki elektr avtomobillaridan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Bozor tahlilchilari hisobicha, robotaksi xizmatidan tushadigan daromad 2046 yilga borib 136 milliard dollarga yetishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Waymo kompaniyasi 2009 yildan beri haydovchisiz avtomobillar texnologiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanib keladi. Uning shunga o‘xshash taksi xizmati hozirda San-Fransisko, Ostin, Finiks va Los-Anjeles shaharlarida ishlamoqda. 2025 yilda kompaniya ilk bor xalqaro bozorga chiqib, Yaponiyada mahalliy hamkorlar bilan faoliyat boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda haydovchisiz taksilar yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Agar hukumat loyihani qo‘llab-quvvatlasa, u kelgusi yildayoq sinov tariqasida amalga oshirilishi mumkin. Kompaniya 2027 yilda to‘liq tijorat xizmatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh London haydovchisiz taksi Waymo Jaguar iPACE

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing