Lukashenko Qirg‘izistonning qochqindagi prezidentini bermasligini aytdi

Olam

image

Bishkek shahridagi KXSHT sammitida Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko jurnalistlar bilan suhbatda Qirg‘izistonning hokimiyatdan ag‘darilgan rahbari Qurmanbek Bakiyevning Minskdagi hayoti haqida gapirdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

“Bakiyev yaxshi yashayapti. Biz uni endi sizning oldingizga qo‘ymaymiz. Men unga: “Boshqa safarlar yo‘q, bo‘ldi! Belarusda yashang”, dedim. U yaxshi yashaydi, u ba’zida meni uyiga taklif qilganda, yoniga borib turaman. Biz uni sizga bermaymiz”, dedi Lukashenko.

Belaruslik Lukashenko Qurmanbek Bakiyev shunday bo‘lsa-da, “o‘z mamlakatini sog‘inayotgani”ni qo‘shimcha qilgan.

“Hamma “hech bo‘lmaganda otamning qabrini ziyorat qilsam edi”, deb aytadi. Qirg‘izistonliklarning o‘z prezidentining otasi qabriga kelishiga ruxsat bermasligi juda g‘alati, menimcha, biz bu masalani hozirgi rahbariyat bilan hal qilamiz”, dedi u.

Qochqin prezident Qurmanbek Bakiyev Qirg‘iziston Oliy sudi tomonidan 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. U 2010 yilning 7 aprelida hokimiyatdan ag‘darildi. Muxolifat oilaviy-klan boshqaruviga qarshi miting o‘tkazdi. Namoyishchilarga qarshi qurol ishlatilib, 80 dan ortiq odam halok bo‘ldi.

Qurmanbek Bakiyev, uning o‘g‘li Maksim va ukasi Janish bir qator ayblovlar bo‘yicha uzoq muddatga sirtdan hukm qilingan.

Qirg‘izistondan qochgan Bakiyevlar oilasi Minskda joylashdi. Maksim Bakiyev oilasi bilan Buyuk Britaniyada yashaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilib bir necha kishini so‘roqqa olib ketdi, ba’zilar hibsga olindi. Hibsga olinganlar orasida Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning 32 yoshli o‘gli Qodir Atamboyev ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Aleksandr Lukashenko Qurmanbek Bakiev Maksim Bakiev Belarus' fuqarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing