Makgregor Oq uyda kim bilan jang qilmoqchi?

Sport

image

UFC'ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor yana aralash jang san’atiga qaytish niyatida. Bu haqda u insayder Ariel Xelvani bilan suhbat davomida gapirdi.

“Men Oq uyda bo‘lib o‘tadigan turnirda ishtirok etaman. Bu jarayon menga yoqadi. Asosiy maqsadim – yana oktagonga qaytish. Maykl Chendler bilan jang qilishni istardim. Yaqin orada yaxshi xabarni e’lon qilamiz”, dedi Makgregor Ariel Xelvani orqali tarqatilgan videolavhada.

Konor Makgregor so‘nggi bor 2021 yilning iyul oyida Dastin Porega qarshi jang qilgan va oyog‘idan og‘ir jarohat olgach, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan edi.

Ma’lumot uchun, AQSH Prezidenti Donald Tramp avvalroq UFC turnirini 2026 yil 14 iyun kuni Oq uyda o‘tkazish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi. Agar ushbu loyiha amalga oshsa, bu UFC tarixida ilk bor davlat rezidensiyasida tashkil etilgan janglar kechasi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 37 yoshli irlandiyalik jangchi antidoping qoidalarini buzgani uchun 18 oyga diskvalifikatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

UFC Konor Makgregor Oq uy Maykl Chendler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing