Maktablarda qishki ta’til qachondan boshlanishi aytildi
Jamiyat
−
04 dekabr 24105 1 daqiqa
Maktablarda qishki ta’til joriy yilning 28 dekabridan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hukumatning 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28 dekabrdan (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27 dekabr – shanba kunidan) boshlanadi.
Ta’til 2026 yil 10 yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi. 2026 yil 11 yanvar yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026 yil 12 yanvardan boshlanadi.
Live
Barchasi