Mamdani ishonchni oqlamadimi? Nyu-Yorkda mulk soliqlari oshirilmoqda
Olam
−
18 fevral 959 1 daqiqa
Nyu-York meri Zohran Mamdani shaharda 9,5 foiz mulk solig‘ini oshirishni taklif qildi. Bu yilgi 127 milliard dollarlik byudjet loyihasining bir qismi bo‘lib, shaharning kelasi ikki yillik 5,4 milliard dollarlik daromad yetishmovchiligini yopishga yordam berishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Politico” xabar berdi.
Mamdani bu chorani ishlayotgan va o‘rta sinf uy egalari uchun og‘ir bo‘lishini tan olgan, lekin u aslida boy va yirik korporatsiyalarni soliqqa tortish orqali byudjetni muvozanatlashni xohlamoqda. Shahar kengashi yetakchilari esa mulk soligini oshirishga qarshi chiqqan.
Mer 2025 yildagi saylov kampaniyasida boylardan soliq olishni asosiy va’da sifatida ko‘rsatgan. Ushbu daromad shahar jamoat transportini bepul qilish va bolalarni parvarishlash dasturlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi.
Shaharda uzoq yillardan beri sezilarli mulk solig‘i oshirilmagan. So‘nggi katta ko‘tarish 2003 yilda mer Maykl Blumberg davrida amalga oshirilgan, bu ham shahar byudjeti yetishmovchiligini yopish maqsadida qilingan.
Live
Barchasi