“Manchester Siti”ning ikki darvozaboni qishda jamoani tark etmoqchi

Sport

image

“Manchester Siti” jamoasining ikki darvozaboni Jeyms Trafford va Shtefan Ortega qishki transfer oynasida “Manchester Siti”ni tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Sports Male” nashri xabar berdi.

23 yoshli Jeyms Trafford yozgi transfer oynasida 27 million funt evaziga “Byornli”dan “Manchester Siti” safiga qo‘shilgan edi. Ederson klubni tark etganidan so‘ng, Trafford jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lishi kutilgandi. Biroq Janluiji Donnarumma PSJdan kelishi bilan vaziyat o‘zgardi va italiyalik darvozabon barcha Premer-liga o‘yinlarida maydonga tushishni boshladi.  Shu sababli, Trafford muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida yangi jamoa izlamoqda.

Shuningdek, “Manchester Siti”ning 34 yoshli darvozaboni Shtefan Ortega ham ketish haqida o‘ylamoqda. Ortega joriy mavsumda hali birorta uchrashuvda maydonga tushgani yo‘q. Shu sababli, Trafford va Ortega qishda faoliyatini boshqa klubda davom ettirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Agar bu amalga oshsa, klub qishda birdaniga ikkita darvozabonini yo‘qotishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Siti” Jeyms Trafford Shtefan Ortega

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing