Marafon rekordchisi uch yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport
−
24 Oktabr 1477 1 daqiqa
Ayollar o‘rtasidagi marafon bo‘yicha jahon rekordchisi Rut Chepngetich uch yilga diskvalifikatsiya qilindi. 31 yoshli keniyalik sportchi antidoping qoidalarini buzganini tan oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Chepngetich joriy yilning iyul oyida doping uchun ijobiy topshirgan test natijasidan so‘ng tekshiruv ostiga olingan edi. Natijada Rut Chepngetich 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Sporchining ko‘plab natijalari bekor qilindi, ammo Chepngetichning 2024 yilning oktyabrida Chikagoda qayd etgan (2:09:56) jahon rekordi saqlab qolindi.
Yengil Atletika antidoping tashkiloti (AIU) dastlab to‘rt yillik taqiqni talab qilgan bo‘lsa-da, Chepngetichning qoidabuzarliklarni tan olgani sababli jazosi uch yilga qisqartirildi. Shu bilan birga, AIU uning telefonidan olingan ma’lumotlarni tekshirishni davom ettirmoqda. AIU uning 2022 yilga oid shubhali holatlar mavjudligi qayd etgan.
AIU rahbari Brett Klotierning ta’kidlashicha, doping uchun ijobiy test bilan bog‘liq ish hal qilindi, ammo boshqa qonunbuzarliklar bor-yo‘qligi aniqlanishi davom etmoqda. Chepngetichning 28 fevral va 14 mart kunlari topshirgan namunalarida ham doping izlari aniqlangan.
Chepngetich holat yuzasidan izoh berib, ijobiy testdan ikki kun oldin kasal bo‘lib, uy xizmatchisining dorilarini qabul qilganini aytdi. Shu sababli dastlabki to‘rt yillik taqiq uch yilga qisqartirildi.
Ma’lumot uchun, diskvalifikatsiya joriy yilning 19 aprel kuni boshlandi va undan so‘ng sportchining 2025 yilning 14 martidan beri erishgan natijalari, mukofotlari va unvonlari bekor qilindi.
Live
Barchasi