Mashhur “Ozodi” stadioni AQSH va Isroil hujumlariga uchradi

Sport

image

Eronning eng yirik sport inshootlaridan biri – Tehron g‘arbidagi “Ozodi” stadioni AQSH va Isroil hujumlariga uchradi. Bu haqda “Iran intl” nashri xabar berdi.

Qutqaruvchilar ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 5 mart kuni ertalab sodir bo‘lgan hujum oqibatida stadionning 12 000 o‘rinli sektori deyarli butunlay vayron bo‘lgan. Shuningdek, Eron velosiped sporti federatsiyasi yotoqxonalari va federatsiyaning yangi binosi ham jiddiy zarar ko‘rgan. Majmuadagi boshqa binolarning derazalari singan. Hozircha qurbonlar yoki jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Qayd etish joiz, Yaqin Sharqdagi mojaro sport musobaqalari, jumladan, futbolga ham jiddiy ta’sir qilmoqda. Xususan, bungacha Italiyaning “Inter” jamoasi sobiq futbolchisi va Eron terma jamoasining asosiy hujumchisi Mehdi Taremi faoliyatini yakunlab, Eron armiyasiga qo‘shilishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi. 

Shuningdek, Qatar futbol assotsiatsiyasi AQSH va Isroilning Eronga bergan zarbalari hamda mintaqaga javoban uchirilgan raketalar ortidan mamlakatdagi barcha turnir va uchrashuvlarni noma’lum muddatga to‘xtatdi. Shu sabab Dohada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi Finalissima bahsi ham so‘roq ostida qoldi.

Bundan tashqari, Erondagi xorijlikliklar, jumladan o‘zbekistonlik futbolchilar ham mamlakatni tark etishga majbur bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil “Ozodi”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing