Mask dunyoda 500 mlrd dollarga ega birinchi odamga aylandi 

Bu qiziq

image

SpaceX asoschisi va amerikalik tadbirkor Ilon Mask 500 mlrd dollar boylikka ega tarixdagi ilk odamga aylandi. Bu haqda  “Forbes” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Maskning boyligi dastlab yarim trillion dollarga yetgan. Keyinchalik bu ko‘rsatkich 499,1 mlrd dollargacha pasaygan bo‘lsa ham, u hozirda Larri Ellisondan 100 mlrd dollardan ortiq daromadga ega dunyodagi ilk trillionerlikka nomzod bo‘lib turibdi.

Qayd etilishicha, Maskning Tesla kompaniyasi aksiyalari deyarli 4 foizga oshgan va uning boyligiga taxminan 9,3 mlrd dollar qo‘shilgan. Maskning Tesla’dagi 12 foizlik ulushi hozirda 191 mlrd dollarga teng.

Tesla kompaniyasi Maskning tarixdagi eng boy odam bo‘lishiga sababchi yagona kompaniya emas. Uning 2002 yilda asos solingan raketa ishlab chiqaruvchi SpaceX kompaniyasining o‘tgan yilning dekabr oyidagi 350 milliard dollar daromadi joriy yilning avgust oyida 400 mlrd dollarga yetgan. Mask SpaceX’ning 168 mlrd dollarlik (42 foiz) ulushiga egalik qiladi.

Shuningdek, tadbirkor o‘zining yangi sun’iy intellekt kompaniyasi xAI’ni 2022 yilda sotib olgan X ijtimoiy tarmog‘i (sobiq Twitter) bilan birlashtirgandan so‘ng, umumiy kompaniya 113 mlrd dollarga baholangan. Mask xAI Holdings kompaniyasining 60 mlrd dollarlik (53 foiz) ulushiga egalik qiladi.

Agar ko‘rsatkichlar shu sur’atda davom etsa, Mask 2033 yilning mart oyiga qadar dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin. Ammo Maskning so‘zlariga ko‘ra, bu faqat pul bilan bog‘liq emas.

Qayd etish joiz, Ilon Mask 2021 yilning yanvar oyida 190 mlrd dollarga yaqin boyligi bilan birinchi marta dunyodagi eng boy odam sifatida qayd etilgan. 2021 yilning noyabrida Maskning daromadi 300 mlrd dollarga, 2024 yilning dekabrida esa 400 mlrd dollarga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Maskning o‘rnini 393 mlrd dollar daromadga ega Oracle asoschisi Larri Ellison egallagan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

tadbirkor SpaceX Ilon Mask Tesla

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing