Mask Marsni o‘zlashtirish uchun qancha odam kerakligini aytdi
Olam
−
18 Oktabr 8923 1 daqiqa
SpaceX rahbari Ilon Mask Marsni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun kamida 100 ming nafar ko‘ngilli zarurligini aytdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“Men ishonamanki, Starship insonlarni Marsga olib boradi”, deb yozdi tadbirkor ArsTechnica nashri muharriri Erik Bergerning “Starship muvaffaqiyatiga ishonchim komil emas” degan so‘zlariga javoban.
Shu bilan birga, Erik Berger Starship insonlarni Yer sayyorasi chegarasidan ancha uzoqqa olib chiqishga qodir yagona kosmik kema ekanini bildirgan. Bunga javoban Ilon Mask boshqa sayyoralarning kolonizatsiyasi haqida “umumiy tasavvurga” ega ekanini va Starship loyihasining muvaffaqiyatiga shubha qilmasligini bildirgan. Tadbirkorning fikricha, maqsadga erishish uchun odamlarni bir martalik parvoz bilan Marsga yuborishning o‘zi yetarli emas. U yerda yashashga sharoit qilish kerak bo‘ladi.
Ilon Maskning aytishicha, buning uchun Marsga kamida 100 ming nafar ko‘ngilli yuborilishi zarur va ular yangi koloniyaning asoschilari bo‘ladi. Shuningdek, Yer orbitasidan kamida 1 million tonna yuk – koloniyani barpo etish uchun zarur jihoz va resurslar yetkazilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX kompaniyasi Hind okeaniga qo‘ngan tarixdagi eng katta Starship kosmik kemasi prototipi bo‘lgan raketa tashuvchining 11-sinovini muvaffaqiyatli yakunlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi