Rossiyada qirg‘izistonlik fuqaro o‘lik holda topildi

Olam

image

Rossiyaning Novosibirsk shahrida 28 yoshli Qirg‘iziston fuqarosining jasadi topildi. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi bu holat yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, Qirg‘izistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi xodimlari Novosibirsk viloyat klinik shifoxonasining patologik anatomiya bo‘limiga tezda borib, u yerda marhumning yaqinlari bilan birgalikda shaxsini aniqlash ishlarini olib borgan.

Natijada vafot etgan shaxs 28 yoshli N.A. O‘sh viloyatining Qora-Suv tumanida tug‘ilgani aniqlangan. Uning o‘lim sabablari hozircha oshkor etilmagan.

Bosh konsulxona marhumning jasadini ortga yuborish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda uning oila a’zolariga zarur yordam ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahrida uch nafar qirg‘izistonlik is gazidan zaharlanib vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya jasad Novosibirsk qirg'izistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing