Meksikadagi bo‘ronlar oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Meksikada Prissilla va Reymond nomli tropik bo‘ronlar sababli yuz bergan kuchli suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 44 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Bir necha kun davom etgan yomg‘irlar mamlakatning markaziy va sharqiy hududlarida og‘ir oqibatlarga olib kelgan. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p qurbon Verakrus shtatida qayd etilgan – bu yerda 18 kishi halok bo‘lgan. Idalgo shtatida 16 kishi, Puuebla shtatida 9 kishi, Keretaro shtatida esa 1 kishi vafot etgan.

Mamlakat Prezidenti Klaudiya Sheynbaum hukumati favqulodda holat e’lon qilgan va 139 ta zarar ko‘rgan shaharga yordam ko‘rsatish bo‘yicha favqulodda reja ishga tushirilgan.

Qayd etilishicha, hukumat vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda, mahalliy hokimlar hamda federal idoralar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Milliy favqulodda holatlar qo‘mitasi uzluksiz faoliyat yuritmoqda. 

Meksika Mudofaa vazirligi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 5400 dan ortiq harbiy xizmatchini jalb etgan. Ular xavfli hududlardan aholini evakuatsiya qilish, vaziyatni monitoring qilish va vayron bo‘lgan joylarni tozalash ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikaning markaziy va janubiy hududlarida yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika bo'ron Prissilla Reymond

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing