Messi jahon rekordini yangiladi

Sport

image

Kecha, 30 noyabr kuni “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi MLS Kubogi yarim finalida “Nyu-York Siti”ga qarshi o‘yinda tarixiy natijaga erishdi. Argentinalik futbolchi ushbu uchrashuvda 405‑assistni amalga oshirib, rekordni yangiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda “Inter Mayami” 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, MLS Kubogi finaliga yo‘l oldi. 67-daqiqada Messi mezbonlarning uchinchi goliga mualliflik qilgan 19 yoshli Mateo Silvettiga aniq uzatma berdi. Shu golli uzatma Messining faoliyatidagi 405-assist bo‘lib, u Pushkashning (404) rekordini yangiladi.

Messi faoliyatining asosiy qismini Kataloniyaning “Barselona” jamoasida o‘tkazgan. U 2003–2021 yillarda klub safida 835 o‘yinda 709 gol urgan. Shu davrda u to‘rt marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan. 2022 yilda Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionligini va 2021 va 2024 yillarda ikki marta Amerika Kubogini yutgan.

Endilikda “Inter Mayami” MLS Kubogi finalida “Vankuver Uaytkeps” bilan to‘qnashadi. Uchrashuv 6 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi “Inter Mayami” assist

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing