Messining yangi oylik maoshi ochiqlandi

Sport

image

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi MLSdagi ushbu mavsumning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi. Bu haqda “mlsplayers.org” sayti  tomonidan e’lon qilingan hisobotda ko‘rish mumkin.

Argentinalik futbolchining 2026 yilgi mavsumdagi maoshi 28,3 million dollarni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda Son Xyon Min (“Los-Andjeles”) hujumchisi bo‘lib, uning daromadi 11,1 million dollarni tashkil etadi. Uchinchi o‘rinda esa Rodrigo De Paul (“Inter Mayami”) futbolchisi joylashgan bo‘lib, u joriy mavsumda 9,7 million dollar ishlab topgan.

“Vankuver Uaytkeps” yarim himoyachisi Tomas Myuller bu mavsumda taxminan 5,2 million dollar maosh olgan bo‘lsa, “Atlanta Yunayted” futbolchisi Aleksey Miranchuk esa deyarli 5,1 million dollar daromad qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Messi 2023 yildan beri “Inter Mayami” safida o‘ynab kelmoqda. U klub bilan MLS muntazam mavsumi, pley-off chempionligi hamda Liga kubogini qo‘lga kiritgan. Argentinalik yulduzning Florida jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Son Xyon Min MLS “Inter Mayami”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing