Metan “zapravka”lar faoliyati yana cheklanadi

Jamiyat

image

Ertaga, 8 yanvardan boshlab O‘zbekistondagi metan “zapravkalar” soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yurita boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi kuzatilayotgani sababli bir qator zarur choralar ko‘rilmoqda.

Shu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz barqaror ta’minlash maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.

Ertaga, 8 yanvardan boshlab metan “zapravka”lar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yurita boshlaydi.

Farg‘ona vodiysida metan “zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

“Buning asosiy sababi — gaz bosimi pasaygan vaqtlarda vazirlik va hokimliklar tomonidan birinchi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz (yoqilg‘i) bilan uzluksiz ta’minlash. Ya’ni, jamoat transportining barqaror ishlashi, ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish ustuvor vazifa hisoblanadi”, deyiladi xabarda.

Shu bois, gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib chiqqan holda metan “zapravka”larning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishiladi. Bu chora gaz resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror ta’minotni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Bildirilishicha, bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi Metan “zapravka”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing