Milliy gvardiya kiyimidagi ruhiy nosog‘lom erkak fuqarolar bilan janjallashdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida Milliy gvardiya formasini kiygan shaxs fuqaroga qo‘pol muomala qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Marg‘ilon shahrining Mustaqillik mahallasida yashovchi Z.Q. ismli shaxs Marg‘ilon shahridagi avtoturargohda Milliy gvardiya (Qo‘riqlash bo‘limi) organiga tegishli bo‘lgan kiyim-boshda yo‘lovchilar bilan turli xil mavzularda gaplashib, organ sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlarni sodir etib kelgani aniqlangan.

Unga chora ko‘rish uchun o‘rganish ishlari olib borilganda, Marg‘ilon shahar Tibbiyot birlashmasi Ruhiy-asab kasalliklar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnomaga ko‘ra, Z.Q. 1992 yildan buyon “parvarish va davolanishni talab qiladigan jiddiy xulq-atvor buzilishlari va yengil aqliy zaiflik” tashxisi bilan “D” nazoratida turuvchi, umrbod 2-guruh nogironi ekani aniqlangan hamda unda bo‘lgan kiyim-boshlar olib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida Ichki ishlar formasini kiyib, o‘zini katta leytenant sifatida ko‘rsatib, fuqarolarning pullarini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing