Farg‘onada “zamhokim” 8 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
08:22 3396 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida hokim o‘rinbosari 8 ming dollar bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departmenti tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bog‘dod tuman hokim o‘rinbosari 8 ming AQSH dollarini olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida aniqlanishicha, ushbu mansabdor shaxs o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Beshariq tumanida yashovchi fuqaro tomonidan “elektron onlayn auksion” savdo platformasi orqali ijara huquqi asosida yutib olingan 2,4 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaroga mulk huquqi asosida o‘tkazib berishni va’da qilgan.
Hozirda ushbu hokimlik vakiliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida hokim o‘rinbosari, Navoiy viloyatida hokim yordamchisi qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi