Mirziyoyev, Berdimuhamedov va Asadov 3 tomonlama uchrashuv o‘tkazdi
Jamiyat
−
05 avgust 7274 1 daqiqa
Bugun, 5 avgust kuni Turkmanboshi shahridagi “Avaza” milliy turizm hududida o‘tayotgan BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadovning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘zaro manfaatli mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqilgan.
“Eng avvalo, energetika, transport va logistika, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, amaliy hamkorlikning istiqbolli loyihalarini ishlab chiqish uchun mazkur formatdagi muloqotlarni davom ettirishga kelishib olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avvalroq BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasi doirasida Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan, keyinroq esa Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingan edi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev ushbu konferensiya doirasida BMT shafeligida dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar uchun Tranzit kafolatlari to‘g‘risidagi global bitimni ishlab chiqishni taklif qildi.
Live
Barchasi