Mirziyoyev Qorabog‘ga bordi
Jamiyat
−
03 iyul 5891 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 3 iyul kuni Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida Fuzuliy shahriga bordi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Madaniyat vaziri Odil Kerimli va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shahar buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy nomi bilan atalgan. Mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bu shahar azaldan Qorabog‘ning "janubiy darvozasi" hisoblanadi.
Ma’lumki, 2020 yildan boshlab Fuzuliy tumani va shahrida keng ko‘lamli qayta tiklash dasturi amalga oshirilmoqda. 2021 yilda foydalanishga topshirilgan Fuzuliy aeroporti barpo etilgan muhim ob’ektlardan biri bo‘ldi. Shaharda, shuningdek, zamonaviy turarjoy majmualari, tibbiyot va ta’lim muassasalari, infratuzilma ob’ektlari qad rostladi, yana yangilari qurilmoqda.
2023 yil avgust oyida ikki mamlakat yetakchilari shaharda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan birodar xalqlar o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik ramzi sifatida qurilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi zamonaviy maktabni ochgan edi.
Bugun, 3 iyul kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Xonkendidagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi va Ag‘dam shahridagi “Imorat” tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanishadi.
Live
Barchasi