Mirziyoyev xorijiy investorlar bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 7 iyun kuni “Al Mirqab Capital” kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va ”Blackrock” investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan gaz va elektr tarmoqlari, suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, energiya ishlab chiqarish va to‘plash quvvatlari, katta tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan temir yo‘llarni qurish, ko‘chmas mulk ob’ektlari va biznes infratuzilmasini barpo etish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan.

Muzokaralar yakunida istiqbolli loyihalarni tizimli ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olingan.

Eslatib o‘tamiz, 20 may kuni Vengriyadagi rasmiy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida Shavkat Mirziyoyev OTP Bank Group direktorlar kengashi raisi Shandor Chani bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Ikki tomonlama uchrashuvda bankning O‘zbekistondagi bank-moliya bozoridagi faoliyati 2023 yildan buyon jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev investor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing